Aqtobeda avtobus yonib ketishiga nima sabab bo‘lgan - dastlabki xulosa

© Foto : Komitet po ChS MVD RK Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, fojea sababi - avtobusning texnik nosozligi bo‘lgan. Shuningdek, unga meyoridan ortiq odam mindirilgani va yuk ortilgani ham qayd etilgan.

TAShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qozog‘iston qutqaruv xizmati vakili Ruslan Imankulov dastlabki brifingda yong‘in sabablari haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in sabablari borasida hozircha aniq xulosa aytish qiyin, bu ekspertlar ko‘rigidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Aqtobe viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining dastlabki xulosasiga ko‘ra, avtobus yonib ketishiga uning texnik nosozligi sabab bo‘lgan. Aniqrog‘i — elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Undan tashqari avtobusga meyoridan ortiq odam mingani va yuk ortilgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida bugun ertalab soat 10:30 da 57 kishi mingan yo‘lovchi avtobus yonib ketdi. Yo‘lovchilardan 52 kishi qurbon bo‘ldi. Qozog‘iston FVV xabariga ko‘ra, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari.

Yangiliklar lentasi
0