Halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari - avtobus halokatga uchrashi

© Instagram / askar_aktileuSgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda hodisa joyida politsiya, qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, ruhshunoslar bo‘linmalari ish olib borishmoqda

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda halokatga uchragan avtobus yo‘lovchilarining barchasi — O‘zbekiston fuqarolari, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

Nashr sal oldin Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vakli Ruslan Imankulovdan olingan xabar asosida Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida avtobus yonib ketgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Hodisa 18-yanvar soat 10:30 da Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida "Samara — Shimkent" yo‘lining 1068 kilometrida, Kalibay posolkasidan 10km masofada yuz bergan.

"Avtobus salonida 55 yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. Ularning fuqaroligi aniqlanmoqda. Yong‘indan qutulib qolgan 5 nafar yo‘lovchiga Qozog‘iston FVVsining tibbiy-qutqaruv bo‘limi tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda. Qolgan 52 kishi fojea joyida qurbon bo‘lgan", — deyilgan Imankulov xabarida.

Aqtobe viloyati Favqulodda hodisalar departamentida tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, ruhshunoslar xizmati "qaynoq liniyalar" faoliyati tashkillashtirilgan. "Qaynoq liniyalar" telefon raqamlari: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.

Ayni vaqtda hodisa joyida politsiya, qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, ruhshunoslar bo‘linmalari ish olib borishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0