GM Uzbekistan o‘tgan yili 135 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Nexia - 34 mingdan ortiq, eng ozi esa Orlando - 388 dona

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017-yilda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2016-yildagiga nisbatan 58,1 foizga oshdi va 135,471 ming donani tashkil etdi, deb ma’lum qildi respublika Statistika qo‘mitasi.

Xususan, Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 34,544 ming dona (+7,4%), Cobalt — 18,014 ming dona (+4,6 marta), Matiz — 13,002 ming dona (+ 4,4 marta), Spark — 22,36 ming dona (+26,1%), Gentra — 19,164 ming dona (+ 2-marta), Damas — 22,496 ming dona (+33,8%), Captiva — 4,54 ming dona (+2,1 marta), Malibu — 963 dona (+4,5 marta), Orlando – 388 dona (+15,5%)ni tashkil etdi, deb yozadi RIA Novosti.

Hozirda GM Uzbekistan yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, korxonada 9 rusumdagi avtomobil ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0