Toshkent xalqaro aeroportida "qizil" va "yashil" yo‘laklar shay holga keltirildi

Obuna bo‘lish
2018 yilning 1-yanvaridan boshlab, respublikaning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim ishga tushiriladi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida "qizil" va "yashil" yo‘laklar shay holga keltirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, respublikaning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim ishga tushiriladi.

Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida "yashil" yoki "qizil" yo‘lakning bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.

Ikki yo‘lakli tizim 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil va temir yo‘l o‘tkazish punktlarida ham kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0