O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari tasdiqlandi

© Podrobno.UZAkademiya nauk Uzbekistana
Akademiya nauk Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tasdiqlangan akademiklar qatoridan respublikaning fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san’atshunoslik sohalarida ko‘zga ko‘ringan olimlari o‘rin oldi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi saytida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va hozirgi kunga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan 22-yillik uzoq tanaffusdan so‘ng akademiklikka tasdiqlash uchun eng munosib olimlarni tanlov asosida saralab olish ishlariga yakun yasalmoqda. Farmonga muvofiq, akademiyaning Hay’ati va faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolari tavsiyasiga ko‘ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi", deyiladi farmonga sharhda.

Ucheniy izuchayet  DNK s pomoshyu elektronnogo mikroskopa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik olim Xitoy Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi bo‘ldi

Tasdiqlangan akademiklar qatoridan respublikaning fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san’atshunoslik sohalarida ko‘zga ko‘ringan, zamonaviy ilmiy-tadqiqot faoliyatini belgilab beradigan qator muhim mezonlar bo‘yicha ko‘p bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan olimlari o‘rin oldi.

Shuningdek, prezident "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga ham imzo chekdi. Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolariga eng kam oylik ish haqining o‘n ikki barobari;

sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining muxbir a’zolariga eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdorida oylik gonorar to‘lanishi belgilab berildi.

Bundan tashqari, akademiklar va muxbir a’zolarga to‘lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0