Munajjim 2018-yilda nimalar kutilayotganligini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAstrolog Pavel Glob
Astrolog Pavel Glob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri munajjim Pavel Globaning kelajakni bashorat qilish bo‘yicha seansida qatnashdi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik, Lev Rijkov. Munajjim Pavel Globa kelayotgan 2018-yil juda yaxshi, urush va inqiloblarsiz o‘tadi, deb hisoblaydi. Shuningdek, dahshatli tabiiy ofatlar ham bo‘lmas ekan.

Ko‘rga hassadek

Pavel Globa — men ilgari faqat televizorda ko‘rgan inson hayotda juda cho‘rtkesar va qat’iy odam ekan. U yana Comedy Club rezidenti Garik Martirosanga judayam o‘xshab ketarkan.

Munajjimning matbuot anjumani Moskvada, Jurnalistlar markaziy uyida bo‘lib o‘tdi. Zalda odam judayam oz edi.

Taniqli ekstrasensdan shov-shuvli bashorat - "Bu mashhur o‘ladi"

Tanga emas, patnis tashlasangiz yerga tushadigan darajada oz edi.

Pavel Globa diqqatini bir joyga jamlagan holda edi. U oldiga bir uyum kitob qo‘ydi. Munajjim dahshatli bashoratlarni aytish chog‘idagi tantanali-xo‘mraygan qiyofada edi. Troyaning halokati haqida aytayotganda Kassandraning ko‘rinishi ham xuddi shunaqa bo‘lgan bo‘lsa kerak. To‘g‘ri-da, bunaqa paytda kulinmaydi.

Afsuski, men tantanali vaziyatga to‘liq e’tiborimni qarata olmadim. Kerak bo‘lmagan vaqtda komik Martirosanni eslaganim uchun sahnada aynan uni tasavvur qila boshladim. Comedy boshlovchisi xuddi ana shunday qiyofada pianino chalishga o‘tirardi.

Pavel Globaning birinchi qilgan ishi yig‘ilganlarga Ukrainada 2014-yilda urush boshlanishi va uning bo‘linib ketishi haqidagi bashorati chop etilgan "Exo planeti" jurnalining 2009-yildagi sonini ko‘rsatish bo‘ldi.

Matbuot anjumanidan keyin hamkasblarimdan biri unga shubha bilan savol berdi: "Buni aynan siz bashorat qilganmisiz?"

Mana shu yerda Pavel Globa artistlik bobida Martirosandan ham o‘tib tushdi. U jurnalning qaysidir sahifasini ochib, qaysidir matnga barmog‘ini niqtadi va xitob qildi: "Mana! Ko‘rga hassadek qilib yozib qo‘yilgan! O‘qing!"

Bu judayam ajoyib chiqdi. Men bo‘lsam hozirgi blokbasterlar davrida eski sovet aktorlik maktabining yutuqlari hali ham o‘lmaganidan xursand edim. Bunday manzarani ko‘rganida Stanislavskiy ham yig‘lab yuborar va "Ishondim" degan bo‘lardi.

Urushlarsiz, lekin keskinlik bilan

So‘zining boshidayoq Pavel Globa bashorat yulduzlarni kuzatish asosida tuzilmaganini bildirdi. Yulduzlarni kuzatadigan munajjim – bu shunchaki tasavvur xolos. 2018-yil uchun bashorat o‘nlab yillar davomida aynan It yilida sodir bo‘lgan hodisalar asosida tuzilgan.

"Agarda bu hodisalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, qiziq qonuniyatlarga duch kelishimiz mumkin", — dedi munajjim.

Goroskop na noviy god - Sputnik O‘zbekiston
2018 yil kimga qanday keladi

Globaning fikricha, 2018-yilda shov-shuvli sud jarayonlarini kutish mumkin. Jahon tarixidagi eng shov-shuvli sudlardan biri It yilida bo‘lib o‘tgan. 1946-yilgi Nyurnberg tribunali nazarda tutilmoqda.

Munajjim 2018-yilda 2020-yilga kelib davrlar o‘zgarishiga olib keladigan qandaydir ijtimoiy jarayonlar boshlanishini kutmoqda. Qudratli davlatlardan birida hokimiyat o‘zgarishi ehtimoli ham bor.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalari haqida hech narsani bashorat qilmagan Globa ko‘plab jurnalistlarning hafsalasini pir qildi.

"Bashorat tuzishim uchun nomzodlarning soat nechada tug‘ilganliklarini aniq bilishim kerak, — dedi munajjim. – Pasport va anketalarda esa bunday ma’lumotlar yozilmaydi".

Globa It yilida urushlar, inqiloblar va to‘ntarishlar kutilmasligini aytdi.

"Hech qaysi it yilida bunday hodisalar sodir bo‘lmagan, — ishontirdi u. — It yili – yangi davr oldidan o‘ziga xos nafas rostlash".

Yakdil jamoa – ulkan imkoniyatlar

Matbuot anjumanidan keyin Globadan Sputnik o‘quvchilariga tilaklarini so‘radim.

"It yilida yagona jamoa bo‘lganlarga oson bo‘ladi, — dedi Pavel Globa. — Jamoada bo‘lish kerak bo‘lgan murakkab davr kelmoqda. Kim bilandir birga bo‘lish, umumiy manfaatlarni himoya qilish kerak. Va albatta jamoaning qo‘llab-quvvatlashiga suyanish lozim bo‘ladi. Sizni qo‘llab-quvvatlashganida istaklaringizni amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi".

Yangiliklar lentasi
0