AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Peterburgdagi portlash joyidan uzoq yurishga chorladi

Obuna bo‘lish
Portlash oqibatida 10 kishi shikastlangan

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. AQSh Davlat Departamenti Sankt-Peterburgdagi portlash munosabati bilan amerikalik fuqarolarni ushbu hududdan uzoqroq yurishga chaqirdi va mahalliy OAV xabarlarini kuzatib borishni tayinladi.

Vzriv v Perekrestke v Sankt-Peterburge. 27-dekabrya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Peterburgda "Perekrestok" do‘konida kuchli portlash sodir bo‘ldi
Kuni kecha, 27-dekabr kuni kechqurun Kondratyevskaya shoh ko‘chasida joylashgan "Perekrestok" savdo majmuida portlash yuz berdi. Rossiya Federatsiyasi Tergov Qo‘mitasi taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash jarohatlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan, 200 gramm trotil quvvatga ega qurilmaning ishga tushirilishi tufayli yuz bergan.

Portlash oqibatida 10 kishi shikastlangan.

"OAVlar Sankt-Peterburgdagi savdo majmuida yuz bergan portlash haqida xabar bermoqda. AQSh fuqarolari viloyatdagi bu hududdan nari yurib, keyingi ma’lumot uchun mahalliy OAVlarni kuzatib borishlari kerak", — deyiladi AQSh Tashqi siyosiy mahkamasining Twitter dagi xabarida.

AQSh Davlat departamenti shuningdek, hushor bo‘lishga va "shaxsiy xavfsizlikni yaxshilash uchun tegishli choralarni ko‘rishga" chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0