Adliya vazirligi yangi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
"Iqtidorli bolalar" Xalqaro innovatsion jamoat birlashmasining vazifasi bolalar va yoshlarni har tomonlama rivojlanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularning jismoniy va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Adliya vazirligi "Sharq Iste’dodlari" jamoat fondi va "Iqtidorli bolalar" Xalqaro innovatsion jamoat birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Aksariyat musulmon davlatlari texnologiyalarda ortda qolmoqda - Mirziyoyev
Vazirlik matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, "Sharq Iste’dodlari" jamoat fondi O‘zbekistondagi iste’dodli yoshlarni ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar, san’at, iqtisodiy va mamlakatning rivojiga hissa qo‘shayotgan yo‘nalishlarda izlanish va tadqiqotlar olib borishda moliyaviy yoki moddiy qo‘llab-quvvatlaydi.

Fond yoshlarga dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olishi uchun grantlar ajratadi.

"Iqtidorli bolalar" Xalqaro innovatsion jamoat birlashmasining vazifasi bolalar va yoshlarni har tomonlama rivojlanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularning jismoniy va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Birlashma shaxsni vatanparvarlik, umummilliy va umumbashariy qadriyatlar asosida shakllantirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan "Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi"ning asosiy maqsad va vazifalari imkoniyati cheklangan yoshlar qatlamini, jumladan nogiron, ko‘zi ojiz, eshitish qobiliyati cheklangan, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoshlar manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0