TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 26-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Xalq so‘zi online xabar berdi.
"MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi", deyiladi xabarda.