Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
Uchrashuvning birinchi qismi yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston biznes-tuzilmalari o‘rtasida savdo-investitsion uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga keldi

Uchrashuv O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalarni rivojlantirish va himoya qilish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan.

Uchrashuvda 200dan ortiq o‘zbek va qirg‘iz tadbirkorlari ishtirok etishmoqda. Agrosanoat majmuasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yengil sanoat, qurilish va IT-sohalari uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ladi.

Uchrashuvning birinchi qismi yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Tadbirning ikkinchi qismida sektorlar bo‘yicha ish olib boriladi va ikki mamlakat biznes vakillarining alohida uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tadbir maydonchasida o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Yangiliklar lentasi
0