O‘zbekistonda Koreya oliy ta’lim tibbiyot muassasasi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya tibbiyot muassasining hududiy filiallari ham bo‘ladi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni O‘zbekistondagi tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yana bir videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi
Videoselektorda xususiy tibbiyotni tizimli asosda rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berildi. Xususan, Toshkentda faoliyatini boshlagan "Akfa medlayn" xususiy tibbiyot muassasasi negizida O‘zbekistonda xususiy tibbiyotni rivojlantirish va ularga malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-davolash markazini tashkil etish, mazkur tibbiyot markazi hamkorligida Koreya Respublikasining oliy ta’lim tibbiyot muassasasi va uning hududiy filiallarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman hokimliklariga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholining hududlarga xos kasallanish ko‘rsatkichlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tor yo‘nalishlarga ixtisoslashgan statsionar sharoitidagi hususiy tibbiyot tashkilotlarini ko‘proq tashkil etish topshirildi.

Shuningdek, kadrlar ta’minoti masalasi yechimi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy hokimliklar bilan birgalikda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida aniqlash, 2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

Tez tibbiy yordam tizimida dori vositalari uchun ajratilayotgan mablag‘larni 2018-yilda kamida ikki barobar oshirish va hududlar kesimida bir meyorda moliyalashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0