O‘zbek xokkeychilari BAA prezidenti Kubogi sohibi bo‘lishdi

© Sputnik / StringerStolichniy xokkeyniy klub "Binokor"
Stolichniy xokkeyniy klub Binokor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Binokor" xokkey klubi to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi va barchasida yirik hisob bilan g‘alaba qozondi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonning "Binokor" xokkey klubi shaybali xokkey bo‘yicha BAA prezidenti Kubogi xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi.

Stolichniy xokkeyniy klub Binokor - Sputnik O‘zbekiston
Kontinental xokkey ligasida o‘zbek klubi paydo bo‘lishi mumkin

"Binokor" to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi va barchasida yirik hisob bilan g‘alaba qozondi: Binokor – Timber Wolves 6:3, Binokor – Tneebs 8:3, Binokor – Oman National 12:2, Binokor – Storms 6:4.

"Ushbu xalqaro turnirda oldimizda ikkita asosiy vazifa turgandi: mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish va yosh xokkeychilarimizni sinab olish. Musobaqa natijalariga ko‘ra, biz har ikki vazifani a’lo darajada uddaladik", — dedi "Binokor" xokkey klubi bosh murabbiyi Alisher Azimov.

Musobaqalar tugaganidan so‘ng o‘zbek jamoasi BAAning EHL ligasida ishtirok etuvchi Kanadaning Mighty Camels klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘yin 10:2 hisobida "Binokor" foydasiga hal bo‘ldi.

"Kanadaliklar o‘zbekistonlik xokkeychilar o‘yinidan shu darajada hayratda qolishdiki, ular Google orqali O‘zbekistonni qidirishga tushishdi. Xokkey bizda atigi 5-yil oldin paydo bo‘lganini bilishgach esa hayratlari yanada oshdi", — deydi Azimov.

Yangiliklar lentasi
0