Putin Galina Melnikovani orden bilan mukofotladi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti 27-noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston "Mehrjon" xayriya fondi Vasiylik kengashining a’zosi Galina Melnikovani mukofotladi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikovani "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.

Galina Melnikova - Sputnik O‘zbekiston
Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston "Mehrjon" xayriya fondi Vasiylik kengashining a’zosi Galina Melnikovani xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarni mustahkamlash, millatlar va halqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni o‘zaro boyitish borasidagi samarali faoliyati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.

Rossiya prezidentining farmoni bilan boshqa xorijiy fuqarolar ham turli darajadagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0