TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekistonda akter va rejisser Shuxrat Nuraliyev 37 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda vesti.uz rejisserning qarindoshlariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, rejisser Respublika ixtisoslashgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy markazida vafot etgan. Ushbu tibbiy muassasaga Nuraliyev qandli diabetning og‘ir asorati tufayli yotqizilgan.
Shuhrat Nuraliyev “Kirakash”, “Soddagina qiz”, “Yangi boy”, “Dev bilan pakana” filmlarida suratga tushgan. Rejisser sifatida Nuraliyev “Akajon xizmatingizdamiz” va “Turmush Musht” filmlarini suratga olgan.