TOShKENT, 23 noya — Sputnik. "Sputnik.Mneniya" o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Germaniya, Polsha, Fransiya va Buyuk Britaniya aholisining aksariyati yaqin kelajakda Rossiya bilan yaxshi munosabatlar tiklanishini istaydi.
Germaniyada 87 % aholi Rossiya bilan ijobiy munosabatlar tezroq qayta tiklanish istagida ekanini bildirdi. Bunday fikrda bo‘lganlar soni Germaniya Sharqida ko‘pchillikni tashkil qilar ekan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Polshada sobiq Ittifoq askarlariga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashlash haqida qonun qabul qilingan edi. So‘rov natijasidan ko‘rinib turibdiki, aholining katta qismi ushbu qonun tarafdori emas.
Fransiyada Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni tiklashga 79% aholi tarafdor bo‘ldi. Ular orasida aksariyati o‘ng qanot muxolifatchilari va sotsial-liberalistlar hamda "Demokratik harakat" partiyasi a’zolari bor ekan.
Buyuk Britaniyada Rossiya bilan munosabatlarni tiklashga 68 % aholi tarafdor bo‘ldi. Ushbu nuqtayi nazar ko‘proq liberal-demokratik qarashga ega bo‘lgan fuqarolar orasida uchrar ekan.
Barcha mamlakatlarda so‘rovda ishtirok etganlaring aksariyati voyaga yetgan va oliy ma’lumotli fuqarolar bo‘ldi. Yoshi 65dan katta bo‘lgan fuqarolar orasida do‘stlashish fikrida bo‘lganlar yanada ko‘proq ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.
So‘rov Fransiyaning eng tajribali izlanishlar kompaniyasi bo‘lgan IFop tomonidan 20-27 sentabr kunlari o‘tkazildi. Unda balog‘at yoshiga yetgan 3228 nafar ishtirokchilar qatnashdi. So‘ralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. So‘rov xatolik ehtimoli 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qildi.
Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi.