TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 2018-yilgacha 70 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarni yetkazib beradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishicha, "O‘zbekengilsanoat" delegatsiya vakillari koreyalik yirik savdo kompaniyalari — Posco Daewoo, Color Paradise, Solsang International Corp, Ratel E&T co, Ltd, Korea Factory, shuningdek Lotte Mart bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ushbu kelishuvlarga erishildi.
"Koreyalik ishbilarmonlarga "Uzteks" va "Ozborn tekstil" kompaniyalarining tekstil mahsulotlari juda yoqdi", — deb izoh berildi Janubiy Koreyaga O‘zbekiston prezidenti tashrifini yoritish matbuot markazi tomonidan.
Uchrashuvda Koreya xalqaro savdo uyushmasi — KITA rahbariyati va milliy elektron savdo maydoni KTNET 2017-2018 yillarda O‘zbekiston tekstil mahsulotlarini KOREA Trade savdo maydonida sotish ishlarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 23,4 million dollarlik turli yarim tayyor tekstil mahsulotlarni eksport qildi. Shuningdek, shu yilda Lotte Mart savdo tarmog‘iga to‘qimachilik mahsulotlari samarali yetkazib berildi.