O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida imzolangan bayonnoma kuchga kirdi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovGlava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Glava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayonnoma bilan muntazam/nomuntazam xalqaro avtomobil yo‘lovchilarini tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi meyorlarni qo‘shish orqali Hukumatlararo bitimning qo‘llash yo‘nalishlari kengaytiriladi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. 2017 yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Hukumati bilan Qozog‘iston Hukumati o‘rtasida 2017-yil 23-mart kuni Ostona shahrida imzolangan Avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.

Bayonnoma bilan muntazam/nomuntazam xalqaro avtomobil yo‘lovchilarini tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi meyorlarni qo‘shish orqali Hukumatlararo bitimning qo‘llash yo‘nalishlari kengaytiriladi.

Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasida transport kommunikatsiyalari yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda o‘zaro maqbul huquqiy sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Yangiliklar lentasi
0