TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ural davlat iqtisodiyot universiteti Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida o‘z o‘quv dasturlarini taqdim qildi, deb xabar bermoqda RFMM matbuot markazi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Ural iqtisodiyot universiteti tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro biznes oziqg‘ovqat texnologiyalari va biotexnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.
Rossotrudnichestvoda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kasb-hunarga yo‘naltirilgan master-klasslar bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, ta’lim sohasi Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikni ildam tiklayotgan sohalaridan biridir. Ayni damda UrGeuda 40dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.