Rashidov 10-yil davomida O‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidumi raisi va 24-yil davomida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan.
Sharof Rashidov ko‘plab xalqaro muzokaralarda SSSR vakili sifatida samarali ishtirok etgan. 1966-yilda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasida urushga aylanayotgan murosani to‘xtatib tinchlikka shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha bor Hindiston, Pokiston, Birma, Afg‘onistonda bo‘lgan. Nepal qiroli, Fidel Kastro va boshqa nufuzli mehmonlarni qabul qilgan.
Sharof Rashidovning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida 2017-yil 6-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidov xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi.
Haykal ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidovning xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi ulkan xizmatlari haqida nutq so‘zladi.