TOShKENT, 7 noya — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Qozog‘istonga parvozlar sonini ko‘paytirdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil 4-dekabrdan boshlab Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni haftasiga yetti marta amalga oshirilishi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2018-yil 4-martdan Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovig haftasiga 4 marotaba amalga oshiriladi.
Estalib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi 29-oktabrdan boshlab, parvozlarni qishgi jadval bo‘yicha amalga oshira boshlagandi. Yangi qishgi jadval 2018-yilning 24-martiga qadar amal qiladi.