Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun 2,3 mlrd dollar ajratadi

© TANG CHHIN SOTHY / AFPAziatskiy bank razvitiya
Aziatskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kredit mablag‘larining 750 million dollarini O‘zbekiston energetika sohasini modernizatsiya qilishga ajratish rejalashtirilgan

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki 2018-2022 yillar uchun O‘zbekistonga 2,29 milliard dollar kredit ajratadi. Bu haqda OTB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Simvolika Aziatskogo banka razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
OTB 2017-yilda Uzbekiston YaIMi o‘sish miqdorini kamaytirdi

Bank moliya muassasasining oddiy kapital resurslaridan uch yil davomida 1,54 milliard dollar, Osiyo taraqqiyot fondining imtiyozli mablag‘laridan 750 million dollar yo‘naltiradi.

OTBning ma’lum qilishicha, kredit mablag‘larining 750 million dollarini O‘zbekiston energetika sohasini modernizatsiya qilishga (issiqlik va gidroelektrostansiyalarni hamda elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish) ajratish rejalashtirilgan. Transport infratuzilmasi va suv ta’minoti tizimi qurilishiga 790 million dollardan ortiq mablag‘ni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0