Toshkentda 12-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimiyat qaroriga asosan, istish 10-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlarida, 12-noyabrdan turar-joy binolarida boshlanadi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Toshkent shahar hokimi 2017-2018 yilgi isitish mavsumini boshlash haqidagi qarorga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat axborot xizmati.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, issiqlik ta’minoti, tuman hokimliklari nazorati ostida 10-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlarida, sinov tariqasida, turar-joy binolari 12-noyabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan.   

Shuningdek, qarorda istish tizimida faoliyat yuritadigan barcha tashkilotlarga  2017-2018 yilgi isitish mavsumi davrida uzluksiz tabiiy gaz, suv ta’minoti va elektr energiyasini yetkazib berish vazifasi yuklatildi.

Toshkent Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga  ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun mutasaddi xodimlar va aholi tomonidan qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Yangiliklar lentasi
0