AQShda Tramp kortejiga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan ayol ishdan haydaldi

© Brendan Smialowski / AFPVelosipediska radom s kortejem prezidenta SShA Donalda Trampa v Sterlinge, Virginiya. 28-oktabrya 2017
Velosipediska radom s kortejem prezidenta SShA Donalda Trampa v Sterlinge, Virginiya. 28-oktabrya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Briksmen faoliyat yuritgan kompaniya davlat buyurtmalarini bajargan, demakki, ushbu surat biznesga ham ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp kortejiga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan amerikalik ayol ish joyidan mahrum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Huffington Post.

Lider LDPR Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Tramp va Tillerson bilan IQ ko‘rsatkichida bahslashmoqchi
Ilgariroq Oq uy fotosuratchisi Tramp kortejiga behayo ishorani ko‘rsatgan velosipedchi ayolni suratda muhrlagan edi. Sal keyin bu surat ijtimoiy tarmoqlarda hamda ommaviy axborot vositalarida tarqalib ketadi.

Internet foydalanuvchilari orasida amerikalik ayolning bu harakatini haqiqiy "qahramonlik" deya baholaganlar ham topildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, rahbariyat 50 yashar Juli Briksmenni suhbatga chaqirtirib, Amerika prezidenti kortejiga qaratilgan behayo qiliq aks etgan fotosuratlarini Twitter va Facebookga joylagan bu ayolga, u ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha kompaniya siyosatini buzganligini ma’lum qilgan.

Briksmen faoliyat yuritgan kompaniya davlat buyurtmalarini bajargan, demakki, ushbu surat biznesga ham ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0