TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘tgan tunda, Sankt-Peterburgda Mersedes mikroavtobusi va BMW avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda ijtimoiy tarmoqlardagi "DTP i ChP. Sankt-Peterburg" guruhi a’zolari.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, YTH Bolshoy Sampsoniyevskiy shoh ko‘chasi va Kantemirovskaya ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Guvohlar ko‘rsatmalariga ko‘ra, BMW X6 haydovchisi, ayol kishi, harakat ustuvorlik huquqiga ega bo‘lgan, Mersedes mikroavtobusini o‘tkazib yubormasdan, uning yon qismiga borib urilgan. Oqbatda mikroavtobus ag‘darilib tushgan.
YTH sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinalari va ikkita reanimatsiya avtomobili yetib kelgan. YTH oqibatida olti kishi jarohatlandi. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan deb xabar qilmoqda "Peterburg" telekanali.