Shamanov: ID safida 10 ming MDH fuqarolari bo‘lgan

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPredsedatel komiteta Gosudarstvenniy Dumi RF po oborone Vladimir Shamanov
Predsedatel komiteta Gosudarstvenniy Dumi RF po oborone Vladimir Shamanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Dumasining Mudofaa kengashi raisi Vladimir Shamanov - MDHlik terrorchilarning qancha ko‘pi qumli qabrlarda qolib ketsa, kuch tuzilmalarining ishi shuncha kamayadi, dedi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston parlamenti vakillari uchrashuvida Duma Mudofaa kengashi raisi Vladimir Shamanov  terrorchilar safida 10 ming MDH fuqarolari bo‘lganini xabar qildi, Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

“Terrorchilar safida 10 mingga yaqin MDH fuqarolari bo‘lgan va ular orasida rossiyaliklar ham kam emas. Ulardan qancha ko‘pi uyiga qaytmasdan qumli qabrlarda qolib ketsa, kuch tuzilmalarimiz oldida davlatlarimiz xavfsizligini saqlashga qaratilgan vazifalar shuchalik kamayadi”, — dedi Shamanov.

 

Shuningdek, Duma vakili  Suriyada Rossiya Havo-kosmik  kuchlari harbiy operatsiyasi boshlaganidan buyon 1 milliondan ortiq fuqarolar o‘z uylariga qaytib, tinch hayot boshlashga muvofiq bo‘lganini va harbiy opreatsiya yakuniga yetay deb qolganini ta’kidladi.

“Umuman olganda harbiy operatsiya o‘z maqsadiga erishdi desak bo‘ladi. Yil oxiriga qadar Suriya hukumati sharqiy chegara ustidan nazorat o‘rnatadi va Islom davlati, tashkiliy tuzilma sifatida, tugatiladi”, — dedi Mudofaa kengashi raisi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham Suriyadagi harbiy operatsiya yakuniga yetay deb qolganini xabar qilgan edi.

 

Shamanov: na storone terroristov v Sirii voyevali 10 tisach vixodsev iz SNG
00:00
1
  • 0,8
  • 1
  • 1,5
  • 2
iVideo haqida
Shamanov: na storone terroristov v Sirii voyevali 10 tisach vixodsev iz SNG
Okolo 10 tisach vixodsev iz stran SNG voyevalo na storone terroristov v Sirii, soobshil predsedatel Komiteta Gosdumi RF po oborone Vladimir Shamanov

 

Yangiliklar lentasi
0