Toshkentda isitish mavsumi boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRadiator sentralnogo otopleniya v kvartire
Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshkent shahar hokimi "Toshkent shahrida 2017-2018 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Toshkent shahrida 2017/18 yilgi isitish mavsumi 19-oktabrdan boshlanadi, deb xabar qildi  Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov imzolagan qarorga tayangan holda "Novosti Uzbekistana".

"Toshkent shahar hokimi "Toshkent shahrida 2017-2018 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.

Ushbu qarorga ko‘ra, issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha obyektlari, xususan, ta’lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2017-yil 19-oktabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20-oktabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0