TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Uch nafar O‘zbekiston fuqarosi zovurda tuproq ko‘chishi oqibatida tuproq ostida qoldi, ulardan bir nafari qutqarib olindi.
"Zaxarov ko‘chasi 14-uy yaqinida qazish ishlari olib borilayotganida uzunligi o‘n metr va chuqurligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan zovurda tuproq ko‘chishi yuz berdi. Uch nafar ishchi – O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi", — deb xabar qildi favqulodda xizmatlardagi manba RIA Novostiga.
Manbaning aytishicha, bir ishchi qutqarib olingan, yana ikki nafari tuproq ostida qolib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.