Muammo bormi – Facebook orqali deputatga murojaat qiling

CC0 / pixabay / Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi ijtimoiy tarmoq orqali deputatlarga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aholi bilan muloqotning samarali usulini yo‘lga qo‘ydi. Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali saylovchilar deputatlarga murojaat qilishlari mumkin.

Partiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muhokama etilayotgan qonun loyihalari, mamlakatdagi muhim voqealar haqida ma’lumotlar berib boriladi. Deputatlar, partiya faollari aholi bilan onlayn-muloqot o‘tkazadilar. Muhim mavzular, xususan, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilinadi.

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining rasmiy saytida esa "Onlayn-deputat" loyihasi ishga tushirildi. Qisqa vaqt davomida mazkur loyiha orqali aholidan mingga yaqin murojaat tushdi.

Misol uchun, deputat Umid Sulaymonovga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa qishlog‘ida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, tuman yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov, jarimalar naqdsiz shaklda qabul qilinmayotganligini bildirishdi. Deputat Xalq bankining Farg‘ona viloyat bo‘limiga so‘rov yo‘llaganidan so‘ng mazkur muammo yechimini topdi.

Yangiliklar lentasi
0