Ushbu munosabat bilan O‘zbekistonga Tojikiston Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ibodullo Mashrabov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan.
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida Tojikiston madaniyati kunlari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tojikistonlik san’atkorlar chiqishlar qilishdi. Tomoshabinlar ularni olqishlar bilan qarshi olishdi.