Erdo‘g‘on Poroshenko bilan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida uxlab qoldi

© REUTERS / HANDOUTVstrecha Erdogana i Poroshenko
Vstrecha Erdogana i Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya rahbari uyqi bilan ancha olishgan bo‘lsa-da, qaysidir soniyada esnadi va ko‘zlarini yumib oldi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Ukraina rahbari Petr Poroshenko bilan o‘tkazgan birgalikdagi matbuot-anjumanida mudrab o‘tirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

​Videoyozuv Sputnik Turkiya tomonidan Twitterda e’lon qilingan.

Kadrlarda qayd etilganidek, Poroshenko nutq so‘zlayotgan vaqtda Erdo‘g‘on uxlab qolmaslik uchun kurashgan, ammo baribir bir necha marta esnagan va qaysidir soniyalarda ko‘zlarini yumgan.

Hamkasbining holatini sezgan Ukraina rahbari qo‘li bilan stolni taqillatgan va Erdo‘g‘onni uyg‘otishga harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on dushanba kuni Kiyevga rasmiy tashrif uyushtirgan va Petr Poroshenko bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Ikki davlat rahbarlari bir nechta hujjatlar, xususan, 2017-2019 yillarda ikkiyoqlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini imzolashgan. Hamkorlikda o‘tkazilgan brifing chog‘ida Erdo‘g‘on Ukraina yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0