TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya prokuraturasi 6-oktabr kuni Vladimir viloyatida poyezd bilan to‘qnashgan avtobus yo‘lovchi tashishga yaroqli bo‘lmaganligi yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘adi.
“Vladimir viloyatining Pokrov bekati yaqinidagi temiryo‘l pereyezdida yo‘lovchi avtobusi va 60-sonli “Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod” poyezdi to‘qnashuvi sodir bo‘lgani aniqlandi. To‘qnashuvga "Mersedes-Bens" markali avtobusning temiryo‘l ustida buzilib qolganligi sabab bo‘lgan. Ushbu avtobus o‘zining texnik xarakteristikalariga ko‘ra yo‘lovchi tashishga yaroqli bo‘lmagani aniqlandi”, — deyilgan Rossiya Transport prokuraturasi xabarida.
Shunindek, tekshiruv natijasida avtomobil transporti yordamida, xavfsizlik qodalariga amal qilmay, noqonuniy yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yilganlik holati ham aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 6-oktabr tong soat 03:39da Vladimir viloyatining Petushki tumani, Pokrov stansiyasi yaqinida yuz bergan to‘qnashuvda 17 kishi qurbon bo‘lgan edi. Ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.