O‘zbekiston 48ta tibbiy muassasani sotuvga qo‘ydi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishRabota gorodskoy polikliniki № 64
Rabota gorodskoy polikliniki № 64 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar ushbu tibbiy muassasalarni bir shart bilan xarid qilishlari mumkin: muassasa 10-yil davomida o‘z faoliyati turini o‘zgartirmasligi kerak

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida davlat aktivlarini yoppasiga xususiylashtirish ishlari boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
Maktab va tibbiy muassasalarda buxgalter lavozimi bekor qilindi
O‘zbekiston prezidenti Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklarining samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy tashkilotlar aktivlarini tadbirkorlarga sotish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagan. Hukumat fikriga ko‘ra, bu xususiy tibbiy xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish uchun yaxshi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Davlat aktivlari xususiylashtirish sharti bilan sotiladigan tibbiy muassasalar ro‘yxatidan 48 ta turli obyektlar o‘rin olgan.

Sotilayotgan obyektlarning 90%i — bu davlat stomatologiya pliklinikalaridir.

Ushbu obyektlarni xarid qilayotgan tadbirkorlar faoliyat turini 10-yil davomida saqlab qolish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

Yangiliklar lentasi
0