Toshkent IIBB yoshlarni ishga taklif qilmoqda

© Ofitsialniy sayt MVD UzbekistanaSotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana
Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovda Toshkent shahrida doimiy ro‘xatda turadigan, 18 yoshdan kichik bo‘lmagan va 30 yoshdan oshmagan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoshlarni ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlovda Toshkent shahrida doimiy ro‘xatda turib istiqomat qiluvchi, 18 yoshdan kam bo‘lmagan 30 yoshdan oshmagan, bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Toshkent shahri bo‘yicha ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish markazlashgan holda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Markaz-4, Navoiy ko‘chasi 9a-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Kadrlar Boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik markazida tasdiqlangan kun tartibiga asosan komissiya a’zolari bilan birgalikda har oyning 3-chi juma kuni soat 08.00 dan 09.00 gacha amalga oshiriladi.- shahodatnoma va harbiy guvohnomasining asli hamda mehnat daftarchasining asli yoki nusxasi bilan suhbatdan o‘tish uchun savol javobga tayyor holda kelib murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0