Playboy asoschisi Xyu Xefner vafot etdi

© AP Photo / Matt SaylesXyu Xefner i Kristal Xarris
Xyu Xefner i Kristal Xarris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Playboy asoschisining rafiqasi Kristal Xyu o‘layotgan mahalda ijtimoiy tarmoqlarda har ikki soatda yangi postlarni e’lon qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan, erining vafotidan biroz oldin esa to‘y liboslarini tomosha qilgan

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Playboy jurnali asoschisi Xyu Xefner 91 yoshida vafot etdi. Ushbu munosabat bilan mashhurlar va oddiy xalq Xefner yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor qilishmoqda.

Ta’ziya bildirayotganlar bilan bir qatorda bu voqeadan o‘z xursandchiligini yashirmayotganlar ham topilmoqda.

Lekin aksariyat odamlar — mediamagnat bilan birga butun boshli davr o‘ldi degan fikrga kelishgan.RIP to the legendary Hugh Hefner! I’m so honored to have been a part of the Playboy team! You will be greatly missed! Love you Hef! Xoxo

​"Afsonaviy Xyu Xefner, tinch orom ol. Men uchun Playboy jamoasining bir bo‘lagi bo‘lish katta sharaf edi. Biz seni juda sog‘inamiz. Seni sevaman, Xef. O‘pib qolaman!" — deb yozgan model Kim Kardashyan.

Jahon OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Playboy asoschisining rafiqasi Kristal Xyu o‘layotgan mahalda ijtimoiy tarmoqlarda har ikki soatda yangi postlarni e’lon qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan, erining vafotidan biroz oldin esa to‘y liboslarini tomosha qilgan.

Ammo erining vafoti haqida xabarlar OAVlarda chiqqanidan keyin o‘zi e’lon qilgan postlarning ma’lum qismini yo‘q qilishga qaror qilgan va faqatgina Xyu o‘limidan besh soat oldin e’lon qilinganlarini qoldirgan.

Yangiliklar lentasi
0