Samarqandda 2018-yilda O‘zbekiston-amerika biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov aytishiga qaraganda, ushbu g‘oya Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Kelasi yilning bahorida yirik O‘zbekiston-amerika biznes forumi tashkil qilish rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov aytishiga qaraganda ushbu g‘oya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan.

“Biz kelasi yilning bahorida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi biznes forumi o‘tkazishga qaror qildik. U aprel yoki may oyida bo‘lib o‘tadi va juda muhim voqea bo‘ladi. Nyu-Yorkda Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan  biznes-forum unga asos bo‘ldi”, — dedi u.  

Undan tashqari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amerika biznesi vakillari bilan oyma-oy videokonferensiyalar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va O‘zbekiston kompaniyalari 2,6 milliard $lik shartnomalarni imzolashdi

“Kichik va o‘rta biznes uchun B2B formatida  shaxsiy uchrashuvlar tashkil qilish biroz qimmatlik qiladi, chunki mamlakatlar bir-biridan ancha uzoq joylashgan. Shu sabablan biz bundan buyon ham videokonferensiya formatida hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Turizm, qishloq xo‘jaligi, sanoatning turli sohalari va ishlov beruvchi texnologiyalar borasida videokonferensiyalar tashkil qilamiz. Ularda AQSh tomonidan 15-20 kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan”, — dedi  Adxam Ikramov.

Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan biznes-forum natijalariga ko‘ra, amerika kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,6 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi. Xususan, General Electric, Honeywell, CNH Industrial, John Deere, Caterpillar, OSI Systems, Lutron, Boeing va boshqa kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston va AQSh orasida 2016-yilda savdo-munosabatlari hajmi 1,7 baravarga oshib, 453,8 millonga yetdi. Bu O‘zbekiston tashqi savdi oborotining 2%ini tashkil qildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda AQSh ishtirokida tashkil qilingan 160 korxona faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0