TIVda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 2017-yilning 25-26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining tashqi aloqalar va mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Mohammad Qosim Ludin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Temir yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir-yo‘l sohasida hamkorlikni muhokama qildi
Delegatsiya tarkibiga Afg‘oniston prezidentining MDH masalalari bo‘yicha maxsus vakili ofisi, savdo va sanoat, adliya, tashqi ishlar vazirliklari va Fuqaro aviatsiyasi mustaqil burosi vakillari kiradi.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘onistonning vakolatli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hukumatlararo bitimlar loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0