Xitoy O‘zbekistonda chinni zavodi quradi

© AP Photo / VINCENT YUKiytayskiy farfor
Kiytayskiy farfor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy va o‘zbekiston birgalikda chinni zavodi qurish loyihasini amalga oshiruvchi ishchi guruh tashkil qilishdi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Xitoyning Suzhou Weiji kompaniyasi O‘zbekistonda chinni ishlab chiqaruvchi yirik majmua qurishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yaqin kunlarda kompaniya boshlig‘i Van Yutao boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi va ushbu loyihani amalga oshirish borasida muzokaralar olib bordi.

“Tomonlar mahalliy xom—ashyodan chinni mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud bo‘lgan masalalarning aksariyati borasida kelishib olishdi. Xitoy tomoni Toshkentda ushbu yo‘nalishda ilmiy-tekshiruv instituti ochish borasida ham kelishib olishdi. Loyihani amalga oshirish maqsadida birgalikda ishchi guruh tashkil qilindi”, — dedi Investitsiyalar davlat qo‘mitasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, Sovet ittifoqi davrida Toshkentda O‘rta Osiyoda eng yirik chinni zavodi bo‘lardi. U ishlab chiqargan “Paxta”, “Atlas” va “Oltin kiyik” nomli servizlar qisqa vaqt ichida Ittifoqning barcha burchaklarida mashhur bo‘lib ketgan edi. Undan tashqari Toshkentda hududda yagona bo‘lgan ixtisoslashgan chinni markazi mavjud edi.

© Sputnik / N. Klyuchnev / Mediabankka o‘tishToshkent chinni zavodi ishchisi
Tashkentskiy farforoviy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent chinni zavodi ishchisi
Mustaqillik yillari davomida Respublikada bir necha marta chinni mahsulotlarni to‘liq sikl bo‘yicha ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilishdi, lekin texnologiyadagi kamchiliklar va malakali kadrlarning yo‘qligi bunday loyihalarning yopilishiga olib keldi.

Yangiliklar lentasi
0