Xalqaro press-klub 15-sentabrdan jonli efirga chiqa boshlaydi

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Kudratxodjayev
Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro press-klub klubning navbatdagi sessiyasi 15-sentabrdan yana jonli efirga uzatila boshlaydi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi ertaga, 15-sentabrdan boshlab yana jonli efirga chiqa boshlaydi. Ushbu ma’lumotni Sputnik muxbiriga press-klub matbuot xizmati xabar qildi.

"Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi 15-sentabrda soat 11:00 efiga chiqadi. Navbatdagi sessiya tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadi", — dedi Xalqaro press-klub vakili.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, 21-avgustdan boshlab Xalqaro press-klubning sessiyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish "texnik sabablarga ko‘ra" vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Sherod Qudratxo‘jayevning o‘zi ushbu mavzuda Facebookda "press-klub faoliyati tuxtatilgani yo‘q"  deb izoh bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0