O‘zbekiston va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi o‘zaro hamkorlik qiladi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Jujanna Yakab bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSTT) Yevropa mintaqaviy burosining 67-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mintaqaviy buro direktori Jujanna Yakab bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, dunyoning turli mamlakatlari tajribasi bilan tanishish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish hamda aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolarga samarali yechim topish mazkur anjumanning maqsadlaridan biri bo‘ldi.

JSTTning Yevropa mintaqaviy burosiga a’zo 53 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotgan mazkur sessiyada xalqaro tashkilotning 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan umumiy ish dasturi, "Salomatlik-2020" siyosatini amalga oshirish, bunda inson salomatligi va bulajak nasllar kamolotiga salbiy ta’sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarni oldini olish kabi qator dolzarb masalalar xam keng muhokama qilinmoqda.

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya RUzO‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mintaqaviy buro direktori Jujanna Yakab bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov i direktor Yevropeyskogo regionalnogo komiteta VOZ Jujanna Yakab vo vremya podpisaniya dogovora o sotrudnichestve na dva goda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mintaqaviy buro direktori Jujanna Yakab bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Jujanna Yakab bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zaro muloqotlar chog‘ida T.Gebreyesus va Jujanna Yakab O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan barcha huquqiy hujjat va dasturlar aholiga g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olayotganligi, O‘zbekiston tibbiyot tizimida ham o‘zining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganligini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ular O‘zbekiston va JSST o‘rtasida ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0