Leo Bokeriya Islom Karimov vafoti haqida: Toshkentga kelganimda hech narsani iloji qolmagandi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaAkademik Leo Bokeriya
Akademik Leo Bokeriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, - deydi Bokeriya

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti vafot etganiga bir yil bo‘ldi. Bakulev nomli yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi "Jahon" AA.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning so‘nggi onlari qanday o‘tgani haqida u kishining yonida bo‘lgan inson hikoyasi
"Men bu buyuk inson bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lganman. 2004-yilda Prezidentning shaxsiy mehmoni sifatida qabul qilingandim. U bilan uchrashuv do‘stona muhitda o‘tgan. Islom Karimov ko‘plab masalalar, jumladan, respublika oldida turgan vazifalar va rivojlanish istiqbollari haqida gapirgandi.

Bizning keyingi uchrashuvimiz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Toshkentda perinatal davrda o‘limning oldini olishga bag‘ishlangan forum o‘tkazilganida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning do‘stlari baxtiga, mamlakatdagi vaziyat sobiq Sovet Ittifoqining ko‘pgina respublikalariga qaraganda ancha yaxshiroq ekani ma’lum bo‘lgandi.

O‘tgan yili menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berishdi. Bu musaffo osmon uzra gumburlagan momaqaldiroqdek edi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi, vaziyat aslida boshidan shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu kutilmaganda yuz bergan dard va uning qanday yakunlanishi ma’lum edi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining bevaqt o‘limi — barcha uchun katta baxtsizlik. U kabi noyob shaxslar qaysi vaqtda yashashmasin, o‘zlaridan so‘ng juda chuqur iz qoldiradilar".

Yangiliklar lentasi
0