TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Hindistonning Utar-Pradesh aholisi o‘rmonda g‘aroyib hodisaga duch keldilar: ular chamasi qo‘rquvdan o‘lgan 12ta maymunga duch keldilar, deb yozadi Deccan Chronicle nashri.
Xabar qilinishicha, mahalliy aholini o‘ndan ziyod maymunlarning sirli o‘limi o‘ylantirib qo‘ygan. Ular jonivorlarni kimdir atay zaharlagan, degan o‘yda maymunlar qoldiqlarini veterinar klinikaga olib borishga ahd qiladilar.
O‘tkazilgan ekspertiza hayvonlar yurak xuruji tufayli bir vaqtning o‘zida o‘lganini ko‘rsatgan.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, maymunlar sal narida o‘tib ketayotgan yo‘lbars bo‘kirishi tufayli qo‘rqib, o‘lib qolgan bo‘lishlari mumkin.
Mahalliy aholi ham maymunlar o‘limi qayd etilgan vaqtda hayvon bo‘kirishini eshitganlarini tasdiqlaganlar.