Mirabror Usmonov terma jamoani JChga olib chiqishga va’da bermaganligini aytdi

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4-iyulya nagradil ordenom "Dustlik"
Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4-iyulya nagradil ordenom Dustlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmonov O‘FFning yangi rahbariyatiga omad tilash barobarida, tanqidlar haqida o‘z fikrini bildirgan.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov O‘FF hisobot-konferensiyasida so‘zga chiqdi, deb yozadi uff.uz.
Mirabror Usmonov ma’ruzasida O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga va’da bermaganligini aytgan.

Umid Axmadjanov - noviy prezident FFU - Sputnik O‘zbekiston
Umid Ahmadjonov Mirabror Usmonov o‘rniga O‘FFga prezident etib saylandi

"Men 2006-yilda kelganimda aytgan edim: "Mendan hech narsa kutmanglar. Mendan jahon chempionatiga olib chiqishni so‘ramanglar. Buni va’da bera olmayman. Sakkiz, o‘n yildan so‘ng jahon chempionatiga chiqib, nimadir ko‘rsatishimiz mumkin. Bizda poydevor yo‘q", degan edim", degan u.

Usmonov O‘FFning yangi rahbariyatiga omad tilash barobarida, tanqidlar haqida o‘z fikrini bildirgan.

"Mana hozir O‘FFga yangi rahbar saylandi. Ularga katta omad tilayman. Duo qilamiz, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishsin. Yangi rahbariyatga maslahatim — hech qachon tanqiddan qochmanglar. Ishlamagan odamni birov esga ham olmaydi, tanqid ham qilmaydi.

Ammo tanqid ham har xil bo‘ladi. Yuzta tanqid bo‘lsa, shundan 20 tasi to‘g‘ri bo‘ladi. Mana shu yerda jurnalistlarimiz ham o‘tiribdi. Ular vaqtida bizni tergab turishdi, o‘z fikrlarini berishdi. Biz ularga e’tibor berdik. Demak sportning rivojlanishida jurnalistlar va muxlislarning ham katta xizmati bor. Shuning uchun tanqid yaxshi narsa. Undan qochmaslik va unga e’tibor berish kerak", degan Usmonov.

Azamat Abduraimov - Sputnik O‘zbekiston
Azamat Abduraimov: o‘zbek futboli tirik, lekin bir joyda depsinib turibdi

O‘FFning sobiq prezidenti armon bilan ketayotganligini ma’lum qilgan.

"Albatta har bir odamning o‘ziga yarasha armoni bo‘ladi. Men ham bir armon bilan ketapman. Shu jahon chempionatiga chiqsak ham yomon bo‘lmas edi. O‘ylaymanki keyingi 4-yilda albatta O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqadi va u yerga borganda bizni uyaltirib qo‘ymaydi", deya fikr bildirgan Mirabror Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot va saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shu kunga qadar O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Raisi o‘rinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0