Andijon tumanida "Damas" ko‘prikdan pastga qulab tushdi

© MVD Respubliki UzbekistanV Andijane avtomobil "Damas" upal s mosta
V Andijane avtomobil Damas upal s mosta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi D.I. o‘zining "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ko‘prikning beton to‘sig‘iga urilib, pastga qulab tushgan

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Andijon tumanida 4R-130-Andijon halqa yo‘lining 6-kilometrida "Damas" rusumli avtomashina ko‘prikdan qulab tushdi, deb xabar berdi Andijon viloyat IIB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, kecha soat 14.00larda haydovchi D.I. o‘zining "Damas" rusumli avtomashinasini Andijon tumani "Oqor" qishloq fuqarolar yig‘ini "Qo‘shariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4R-130-Andijon halqa yo‘lining 6-kilometrida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, "Jahon savdo kompleksi" ochiq aksionerlik jamiyati yo‘nalishidagi ko‘prikning beton to‘sig‘iga urilib, pastga qulab tushgan.

Natijada haydovchi D.I. va yo‘lovchisi A.I.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q. Transport vositasi esa texnik shikastlangan.

Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi a’zolari yetib borishgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Internet tarmog‘ida ushbu hodisa tasvirlangan video va suratlar tarqaldi.

Yangiliklar lentasi
0