Samarqandda giyohvand moddalar sotuvchilarga qamoq jazosi berildi

© AP Photo / Anvar IlyasovUnichtojenie narkotikov sotrudnikami SNB Uzbekistana na okraine Tashkenta
Unichtojenie narkotikov sotrudnikami SNB Uzbekistana na okraine Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh boshlig‘i To‘lqin Xolov qoradorini katta miqdorda sotib olib o‘z yordamchilari orqali tarqatishni yo‘lga qo‘ygan.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tuman sudi giyohvand moddalarni noqonuniy olib kelish  va sotish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh a’zolari ustidan hukm o‘qidi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Urgut tumanidan bo‘lgan 32 yoshli To‘lqin Xolov boshchiligidagi jinoiy guruhni Samarqand viloyati Milliy xavfsizlik xizmati tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari qo‘lga olishdi.

"Tayloq tumanida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Neksiya avtomobili to‘xtatildi. Unda yo‘lovchilardan biri O.Jo‘rayev narkotik moddalar bilan qo‘lga olindi. Keyinchalik jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham qo‘lga olindi: A.Daminov, B.Barotov, I.Boymatov, Sh.Razzokov va oldin sudlangan A.Gapporov va Sh.Norovlar", — dedi sud vakili.

Sud majlisida ma’lum bo‘lishicha, guruh yetakchisi To‘lqin Xolov qoradorini katta miqdorda sotib olgan va o‘z yordamchilari orqali kichik partiyalarga bo‘lib sotgan.

Qo‘lga olish vaqti tezkor qidiruv bo‘lim xodmlari 400 grammga yaqin qoradori, jinoyat yo‘li bilan topilgan 18 mln so‘m pul va narkotik moddalarni tashish uchun foydalanilgan 5ta avtomashinani musodara qilishgan.

Ko‘rib chiqilgan ish yuzasidan jioiy guruhning barcha a’zolari O‘zbekiston JKning bir qator bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Xususan, Tulqin Norov va Abdurauf Daminov 16-yilga ozodlikdan mahrum qilingan, guruhning boshqa a’zolari 7-yildan 15-yilgacha qamoq jazosi olishgan.

Yangiliklar lentasi
0