O‘zbekistonda birinchi Toyota rasmiy dileri paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishToyota
Toyota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon O‘zbekistonda Toyota avtomobillarini 3-yillik rasmiy kafolat bilan sotib olish va Toyota rasmiy dileri xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkentda 12-sentabr kuni Toyota Motor Korporeyshn kompaniyasining rasmiy dilerining birinchi avtosaloni ochilishi e’lon qilindi.

Poytaxtda faoliyat yurituvchi Texnik Dizel Motors nomi bilan tanilgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonasi Toyota Motor bilan ikki yildan ortiq vaqt davomida olib borilgan muzokaralardan so‘ng nihoyat Toyotaning O‘zbekistondagi birinchi rasmiy dileri maqomiga ega bo‘ldi.

“Toyota Motor Corporation bilan 2-yil davomida bo‘lib o‘tgan faol muzokaralar o‘z hosilini berdi — yapon giganti endi bizning davlatimizda rasman mavjud”, — deyilgan kompaniyaning Feysbukdagi xabarida.

Shuningdek, rasmiy diler avtomobillar va ehtiyot qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toyota zavodidan olib kelinishi va O‘zbekistonda 3-yillik Toyota rasmiy kafolati saqlanib qolishi xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Toyota 2012-yildan buyon dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi nomini saqlab kelmoqda. Bugungi kunda korporatsiya 70 xil avtomobil ishlab chiqaradi va har yili dunyoda 8 milliondan ortiq avtomobil sotadi.

Yangiliklar lentasi
0