TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun Moskvaning shimoli-sharqiy va sharqiy okrugida 80 dan ortiq yangi avlod tramvayi yo‘nalishga chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Mosgortrans"da 80dan ortiq "Vitaz-M" — yangi avlod tramvayi ishga tushdi. Bugungi kunda ular Moskvadaga Bauman nomli depoda, shaharning shimoli-sharqiy va sharqiy okrugida oltita yo‘nalishda xizmat ko‘rsatmoqda", — dedi poytaxt transport departamenti rahbari Maksim Liksutov.
Yangi avlod tramvayi "Vitaz-M"
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Likusutov aytishiga qaraganda 2019-yilga kelib Moskvada tramvaylar soni 300 dan oshadi.
"Vitaz-M" — yangi avlod tramvayi bo‘lib uning oltita eshigi bor, 60 ta o‘rindig‘i bor. Har bir vagonga 260 tagacha yo‘lovchi joylashishi mumkin. Tramvaylar klimat-kontrol, sputnik navigatsiyasi, videokuzatuv kameralari va mobil telefonni zaradlab olish uchun USB qurilmalari bilan jihozlangan.