TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Bir yil davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning 1170 km masofasini belgilab olishdi. Endi 20% belgilanmagan chegara qoldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisi Ayzada Subakojoyeva aytishiga qaraganda, bunday muvaffaqiyat Almazbek Atambayevning Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvining natijasidir. O‘sha uchrashuvda ikki mamlakat rahbari hukumatlar oldida chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish maslasini qo‘ygan. O‘shandan buyon ikki respublika vakillari 16-marta uchrashgan.
"O‘zbek-qirg‘iz chegarasining 80% demarkatsiya qilingan. Belgilanmagan 217 km masofa qoldi. Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak tashrifi davomida chegara haqida bitim tuziladi. Shundan so‘ng chegaraning qolgan qismini delimitatsiya va demarkatsiya qilish davom etkiziladi", — dedi Subakojoyeva.
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi 5-6 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Almazbekom Atambayevim va bosh vazir Sapar Isakov bilan uchrashadi.