Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimi qanday ishlaydi

© Novosti UzbekistanaV Uzbekistane gotova k realizatsii avtomatizirovannaya sistema oplati proyezda v obshestvennom transporte
V Uzbekistane gotova k realizatsii avtomatizirovannaya sistema oplati proyezda v obshestvennom transporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur tizimning yo‘lovchilar uchun asosiy jihatlari bu yo‘l haqini to‘lashdagi qulaylik, vaqtni tejash va transport xizmatlari sifatini oshirishdir.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Yo‘l haqi to‘lovini avtomatlashgan tizim orqali amalga oshirish loyihasi qanday ishlashi haqida ANOR to‘lov tizimining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videorolik joylashtirildi.

Troll.uz tomonidan tayyorlangan videorolikda ushbu tizimning ishlash tarzi, haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulayligi haqida ma’lumot berilgan.

O‘zbekistonda jamoat transportida naqdsiz pul to‘lov tizimi ishlab chiqilgani haqida ilgari xabar bergan edik.

Mazkur tizimning yo‘lovchilar uchun asosiy jihatlari bu yo‘l haqini to‘lashdagi qulaylik, vaqtni tejash va transport xizmatlari sifatini oshirishdir.

Yo‘lovchilarga ikki turdagi transport kartalari taklif etiladi: qog‘oz shaklidagi bir marta kodlanadigan kartalar (bir martalik bilet) va plastik shaklidagi ko‘p marta foydalaniladigan kartalar. Talabalar, o‘quvchilar, pensionerlar va harbiylar uchun to‘ldiriladigan imtiyozli yo‘lovchi biletlari mos ravishda o‘qish, yashash va xizmat joyida beriladi.

Transport kartalarini Toshkent shahridagi 2 mingdan ortiq savdo nuqtalarida, xususan, metro kassalarida, "Toshshaharyo‘lovchitrans" AJ bilet sotish punktlarida, pochta bo‘limlari, gazeta do‘konlari va ANOR tarmog‘i orqali sotish rejalashtirilmoqda.

ANOR to‘lov tizimining yana bir xususiyati mobil NFC bilet — mobil telefondagi transport kartasining ishlab chiqilganligi. Maxsus mobil ilova masofadan turib transport kartasini to‘ldirish, tovar va xizmatlar uchun haq to‘lash, shaxsiy kabinetdan foydalanish imkonini beradi hamda kartadagi ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlaydi.

ANOR avtomatlashgan to‘lov tizimi loyihasi tegishli vazirlik va muassasalarga taqdim etildi va hozirda uni amaliyotga joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0