OAV: Mirziyoyev matbuot-xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, MTRKga yaqinda rahbar etib tayinlangan Bobur Alixonov ham ishdan ketgan

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda va O‘zbekistondagi ayrim elektron nashrlarda prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayev va O‘zMTRK raisi Bobur Alixonov lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Mahalliy nashrlarning hukumatdagi ishonchli manbalariga tayangan holda xabar qilishlaricha, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobir Alixonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bobir Alixonov aprel oyidan buyon kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U 2-avgust kuni lavozimdan ozod etilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga rahbar bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Asadjon Xo‘jayev ham o‘z lavozimidan ozod etilgan. U joriy yilning mart oyidan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0