Farg‘onadagi xonadonlardan birida 4 kilo marixuana saqlanayotganligi aniqlandi

© M.SulaymanovV Fergane v dome nashli 4 kg marixuani
V Fergane v dome nashli 4 kg marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
A.Yusupovning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, tomorqasida 10 tup nasha giyohvand o‘simligini parvarishlab yetishtirilayotganligi aniqlandi

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan "Kompleks" tezkor profilaktik tadbir davomida Dang‘ara tumani Qizilmusht qishlog‘ida yashovchi A.Yusupovning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, tomorqasida 10 tup nasha giyohvand o‘simligini parvarishlab yetishtirilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xonadon chordog‘ida 12 dona karton qutiga joylangan 4 kilogramm marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi ham aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Masudjon Sulaymonov.

 

Yangiliklar lentasi
0